Jahon

Britaniya fuqarolariga “72 soatlik xavfsizlik ryukzagi” tayyorlash tavsiya qilindi

Rossiya tahdidi ortidan Britaniyada favqulodda vaziyatga tayyorgarlik kuchaymoqda.

Britaniya fuqarolariga “72 soatlik xavfsizlik ryukzagi” tayyorlash tavsiya qilindi

 

Buyuk Britaniya hukumati fuqarolarga favqulodda holatlar yuzaga kelgan taqdirda 72 soat davomida mustaqil ravishda yashay olishlari uchun maxsus "xavfsizlik ryukzagi" tayyorlab qo‘yishni tavsiya qilmoqda. Bu ogohlantirish Rossiyadan kelayotgan ehtimoliy tahdidlar — xususan, energetika infratuzilmasiga va dengiz osti gaz quvurlariga qilingan diversiya xavfi bilan bog‘liq.

 

Ma'lum qilinishicha, Rossiyaga tegishli kemalar Shimoliy dengizdagi strategik quvurlar yaqinida razvedka ishlari olib borgan. Bu esa mamlakat elektr ta’minotida jiddiy uzilishlar yuzaga kelishi mumkinligini anglatadi.

 

Shu sababli, Britaniya hukumati fuqarolardan quyidagilarni o‘z ichiga olgan “tirik qolish to‘plami”ni uyda saqlab qo‘yishni so‘ramoqda:

  • Kamida 3 kunlik ichimlik suvi va konserva mahsulotlari
  • Zarur dori-darmonlar (shaxsiy ehtiyojlar asosida)
  • Muhim hujjatlarning nusxalari (pasport, sug‘urta, bank ma’lumotlari)
  • Chiroq (zaxira batareykalari bilan)
  • Batareykali yoki qo‘l bilan quvvatlanadigan radio
  • Ko‘p funksiyali Shveysariya pichog‘i

 

Shuningdek, telefonlar uchun quvvat banklari, issiq kiyimlar va sanitariya vositalari ham tavsiya etiladi.

 

Ushbu chaqiriq global geosiyosiy tanglik kuchayayotgan bir paytda jamoaviy xavfsizlikka e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatadi. Mutaxassislar bunday tayyorgarlik har bir fuqaroga o‘zini va yaqinlarini muqobil sharoitda himoya qilish imkonini berishini ta’kidlamoqda.

custom img

Erondan uchirilgan dron Ozarbayjonga qulab tushdi

Ozarbayjon mazkur hujumni qat’iy qoralab, Tashqi ishlar vazirligiga Eron elchisi chaqirtirildi.

custom img

Eron Turkiya hududiga raketa uchirganini rad etdi, Anqara esa javob berishga tayyorligini e’lon qildi

Erondan uchirilgan ballistik raketa Sharqiy O‘rta yer dengizidagi NATO havo va raketaga qarshi mudofaa bo‘linmalari tomonidan to‘xtatilgan.

custom img

Iroq butunlay elektr energiyasidan uzildi

Basra viloyatidagi muhim Rumeyla elektr stansiyasida kutilmagan nosozlik blekautga sabab bo‘ldi.

custom img

Yaqin Sharqdagi mojaro dollarga nisbatan talabni oshirdi

Yaqin Sharqdagi harbiy mojaro fonida AQSH va Isroilning Eronga qarshi hujumlari investorlarni xavfsiz aktiv sifatida AQSH dollarga yo‘naltirdi.

custom img

Eron hujumlari javobsiz qolmaydi — Qatar

Qatar havo mudofaa tizimlari ikki Eron qiruvchi samolyotini yo‘q qildi, va mamlakat suverenitetini himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

custom img

AQSh Eron bilan mojaro boshlangandan beri qariyb 2 mlrd dollarlik texnika yo‘qotdi

Eng katta yo'qotish Qatardagi bazada joylashgan radar tizimi bo'lgan.

custom img

Turkiya havo hududida Erondan uchirilgan raketa urib tushirildi

Raketa Iroq va Suriya orqali Turkiya havo hududiga kirgan.

custom img

Tramp AQSHni cheksiz urushga tortmoqda — AQSH senatori

Senator Tramp butunlay nazoratdan chiqib ketganini va amerikaliklar uning yolg‘onlari tufayli allaqachon halok bo‘lishganini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"