Jahon

Isroilda 3 yoshli qizaloq 3800 yillik qadimiy tumorni topdi

Ushbu arxeologik topilma o'rta bronza davriga oid hisoblanadi.

Isroilda 3 yoshli qizaloq 3800 yillik qadimiy tumorni topdi

 

Isroilda oilasi bilan sayohat qilayotgan uch yoshli Ziv Nitzan ismli qizaloq tasodifan qadimiy tarixiy topilmaga duch keldi. U Tel Azeqa arxeologik yodgorligi yaqinida yerda yotgan kichik toshni ko‘rib, uni olib, ustidagi qumni artdi. Natijada bu oddiy tosh emas, balki 3800 yillik — qadimgi Misr va Kan’on davrlariga oid muhr-tumor ekanligi aniqlandi.

 

Mutaxassislar bu topilmani miloddan avvalgi o‘rta bronza davriga oid deb belgilashmoqda. Misrshunos doktor Dafna Ben-Torning ta’kidlashicha, o‘sha davrda bunday toshlar nafaqat bezak yoki muhr sifatida, balki diniy ramz, maqom belgisi sifatida ishlatilgan. Ular asosan qabrlarda, ibodatxonalar yoki uy ichida saqlangan.

 

Zivning opasi Omer Nitzan ijtimoiy tarmoqdagi postida shunday degan: “Qizaloq toshni ishqalab ko‘rganida, unda o‘ziga xos naqsh borligini payqadik. Ota-onamizga ko‘rsatganimizda, bu oddiy tosh emasligini tushundik va darhol arxeologlarga xabar berdik”.

 

Tel-Aviv universiteti arxeologi Oded Lipshits bu topilma haqida shunday dedi: “Ziv topgan tosh – bu hududdagi Misr va Kan’on sivilizatsiyalari o‘rtasidagi kuchli aloqalarning yana bir dalilidir”.

 

Arxeologlar ushbu hududni 15 yildan beri o‘rganishmoqda va bunday topilma juda noyob holat sifatida baholanmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Isroilda 3 yoshli qizaloq 3800 yillik qadimiy tumorni topdi | Zamon.uz