Jahon

AQShda suv toshqinlari oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

Kentukki shtatida tarixdagi eng kuchli toshqinlar kuzatilmoqda.

AQShda suv toshqinlari oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

AQShning markaziy shtatlarida kuchli yomg‘irlar va bo‘ronlar sababli yuzaga kelgan suv toshqinlari natijasida 16 kishi halok bo‘ldi. Ogayo daryosining suvi 24 soat ichida 1,5 metrga ko‘tarildi, va bu ko‘tarilishning davom etishi kutilmoqda. Kentukki shtatining Luysvill shahrida esa tarixdagi eng kuchli toshqinlar kuzatilmoqda.

 

Shuningdek, Arkanzass, Missisipi va boshqa shtatlarda halokatli bo‘ronlar sodir bo‘ldi. 2-apreldan boshlab, Kentiukki va boshqa hududlarda 30 santimetrgacha yomg‘ir yog‘gan. AQSh Milliy meteorologiya xizmati yirik yo‘llar, ko‘priklar va boshqa infratuzilma obyektlarining suv toshqinlaridan zarar ko‘rish xavfi haqida ogohlantirmoqda.

 

Mart oyida esa AQShning o‘rta va janubiy hududlarida kuchli tornadolar tufayli kamida 40 kishi halok bo‘lgandi.

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Rossiya tomoni Kiyevda yangi yirik zarbalar xavfi mavjudligini bildirib, chet elliklarni Ukrainaga bormaslik va mamlakatda qolmaslikka chaqirdi.

Rossiyada o'lat xavfi: AQSh fuqarolariga mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

Rossiyada o'lat xavfi: AQSh fuqarolariga mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

AQSh elchixonasi Rossiyadagi amerikaliklar uchun sog‘liq bo‘yicha ogohlantirish e’lon qildi.

Ukrainada demografik muammo kuchaymoqda: 6 oyda mamlakatdan chiqishlar soni kirishlardan 223 mingtaga ko‘p bo‘ldi

Ukrainada demografik muammo kuchaymoqda: 6 oyda mamlakatdan chiqishlar soni kirishlardan 223 mingtaga ko‘p bo‘ldi

Harbiy yoshdagi erkaklar uchun xorijga chiqish cheklanganiga qaramay, Ukrainani tark etayotganlar soni ortmoqda.

Saudiya Arabistonida turk harbiylari: Turkiya Saudiya Arabistonida harbiy baza ochishi mumkin

Saudiya Arabistonida turk harbiylari: Turkiya Saudiya Arabistonida harbiy baza ochishi mumkin

Anqara to‘rtta muhim gaz va elektr energiyasi inshootini havo mudofaasi tizimlari yordamida himoya qilishda ishtirok etadi.

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

Vizasiz qatnov faqat havo yo‘llariga emas, quruqlikdagi xalqaro chegara o‘tish punktlariga ham tatbiq etiladi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

AQShda suv toshqinlari oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi | Zamon.uz