Jahon

Janubiy Koreyada prezidentlik saylovi o'tkaziladi

Saylovlar 3-iyun òtkazilishi rejalashtirilgan.

Janubiy Koreyada prezidentlik saylovi o'tkaziladi

 

Ushbu saylovda lavozimidan chetlatilgan sobiq prezident Yun Sok Yolning vorisi aniqlanadi. Hukumat manbalarining xabar berishicha, saylov sanasi bosh vazir vazifasini bajaruvchi Xan Dok Su boshchiligidagi Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida tasdiqlanishi kutilmoqda.

 

Konstitutsiyaviy sudning impichment to‘g‘risidagi qaroridan so‘ng, mamlakat 60 kundan kechiktirmay muddatidan oldin prezidentlik saylovini o‘tkazishga majbur edi. Agar tasdiqlangan sanaga ko‘ra saylov o‘tkazilsa, nomzodlar 11-maydan kechiktirmay ariza topshirishlari kerak bo‘ladi, saylov kompaniyasi esa 12-mayda boshlanadi. Yangi prezident saylovlar yakunlanishi bilan 3-iyunda o‘z lavozimiga kirishadi.

 

2024-yilning dekabrida Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat joriy etishga urinib ko‘rgan va shundan so‘ng parlament uni isyon ko‘tarishga uringanlikda ayblab, impichment e’lon qilgan. Yun 14-dekabrdan prezidentlik lavozimidan chetlatilgan, ammo harbiy holat joriy etishning siyosiy jihatdan to‘g‘ri qaror ekanini ta’kidlagan.

 

Keyinchalik, Yun Sok Yolning impichmenti uchun Konstitutsiyaviy sudning qarori kutilgan va mart oyida sud uni hibsdan ozod qilib, hibsga olish orderini bekor qilgan. 4 oy o‘tgach, Yun lavozimidan butunlay chetlatilgan, chunki u davlatning qonun ustuvorligi va demokratiya tamoyillarini buzgan deb hisoblangan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Janubiy Koreyada prezidentlik saylovi o'tkaziladi | Zamon.uz