Britaniyada internetda haqorat qilganlar hibsga olinmoqda
Huquq himoyachilari ushbu holatni tanqid qilishmoqda.

Buyuk Britaniyada ijtimoiy tarmoqlarda kamsituvchi yoki haqoratli fikr bildirgan odamlar soni ortib bormoqda. Rasmiylarga ko‘ra, har kuni o‘rtacha 30 kishi bunday sabablar bilan hibsga olinmoqda.
Yaqinda bir er-xotin farzandining maktabiga ko‘p marta elektron pochta orqali murojaat qilgani va WhatsApp guruhida "kamsituvchi" fikrlar yozgani uchun 6 nafar politsiyachi ularni hibsga olishga yuborilgan.
Huquq himoyachilari ushbu holatni tanqid qilib, hukumat internet ustidan ortiqcha nazorat o‘rnatayotganini va bu holat so‘z erkinligiga tahdid solayotganini ta’kidlamoqda.
Ma’lumot uchun, Yevropa odatda so‘z erkinligini himoya qiluvchi mintaqa sifatida tanilgan. Shu sababli, bu prinsipni buzgan davlatlarga nisbatan xalqaro bosim va sanksiyalar qo‘llanilishi mumkin.







