Eron yadroviy qurol yaratmoqchi emasligini bildirdi
Eron hozirgacha Vashingtondan bu muzokara taklifiga rasmiy javob olmagan.

Eron tashqi ishlar vaziri Ismoil Bag‘iy matbuot anjumanida Tehron yadroviy qurol yaratmoqchi emasligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy tomonidan berilgan fatvo asosida belgilangan qat’iy e’tiqodga asoslangan.
Bag‘iy shuningdek, Eron qurolli kuchlari yuqori tayyorgarlik holatida bo‘lib, agar AQSh hujum qilsa, mamlakatni himoya qilishga tayyorligini ma’lum qildi. U Eronning yadroviy kelishuv bo‘yicha bilvosita muzokaralar o‘tkazish taklifini “aqlli” va “saxovatli” deb atadi.
Eron hozirgacha Vashingtondan bu muzokara taklifiga rasmiy javob olmagan. Tehron muzokaralarda Ummonni vositachi sifatida ko‘rishni istamoqda.
Shunga qaramay, Eron boyitilgan uran zaxirasini 60 foizgacha oshirgan, bu esa qurol darajasiga (90 foiz) yaqin. Ekspertlarga ko‘ra, bu miqdor Eron yadroviy kelishuvida belgilangan limitdan 40 barobar ko‘p.







