Indoneziyada kalamushlarga qarshi ekologik himoya rejasi ishga tushmoqda
Prezident fermerlarga mingta boyqush berishni va'da qildi.

Indoneziya prezidenti Prabovo Subianto qishloq xo‘jaligini kemiruvchilardan himoya qilish uchun mingga yaqin boyqushni fermerlarga taqdim etishga va’da berdi.
Prezidentning ta’kidlashicha, kalamushlarga qarshi kurashda boyqushlar tabiiy, xavfsiz va ekologik muqobil vosita hisoblanadi. Boyqushlar tabiatda kalamushlarning asosiy yirtqichlaridan biri bo‘lib, ularning sonini nazorat qilishda katta rol o‘ynaydi.
"Boyo‘g‘li ko‘payadi, uzoq muddatda esa foydasi yanada ortadi", — dedi Subianto.
Ushbu tashabbus orqali Indoneziya hukumati qishloq xo‘jaligi hosildorligini oshirish hamda zaharli kimyoviy vositalardan foydalanishni kamaytirishga umid qilmoqda.







