Misr va Fransiya strategik ittifoq bo‘yicha kelishuvga erishdi
Makron G‘azodagi urushni tanqid qildi.

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning Qohiraga rasmiy tashrifi chog‘ida Misr va Fransiya rahbarlari o‘zaro muzokaralar o‘tkazib, strategik yo‘nalishdagi hamkorlikni mustahkamlovchi bir qator hujjatlarga imzolashdi.
Ikki davlat prezidentlari matbuot anjumanida so‘nggi voqealarga, xususan, G‘azo sektoridagi keskin vaziyatga alohida to‘xtaldi. Ular mojaroni zudlik bilan to‘xtatish, o‘t ochishni bas qilish va insonparvarlik yordamini yetkazish muhimligini ta’kidladilar.
Makron o‘z chiqishida Isroilning G‘azodagi harbiy harakatlarini tanqid ostiga olib, tinch aholining majburiy ko‘chirilishiga va hududlarni bir tomonlama anneksiya qilishga qarshi ekanini qat’iy bildirdi.
Fransiya va Misr o‘rtasidagi bu strategik bitim xavfsizlik, iqtisodiyot va madaniy sohalarda yaqin hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.







