Jahon

Turkiyaga 7 mingta BYD avtomobili olib kelindi

Kompaniya mamlakatda o‘z ulushini kengaytirishga harakat qilmoqda.

Turkiyaga 7 mingta BYD avtomobili olib kelindi

Xitoyning avtomobil giganti BYD o‘z mahsulotlarini xalqaro bozorga yetkazib berishda yirik qadam tashladi. Uzunligi 199 metr, kengligi 38 metr bo‘lgan “BYD CHANGZHOU” nomli yuk tashuvchi kema 21 kun davom etgan okean safaridan so‘ng Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan Sefaport portiga yetib keldi.

 

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, ushbu kema bortida 7 ming dona BYD avtomobili olib kelingan. Bu mashinalar Turkiya bozorida sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan bo‘lib, kompaniya mamlakatda o‘z ulushini kengaytirishga harakat qilmoqda.

 

Mutaxassislarning fikricha, bu yirik yuk partiyasi BYD’ning Yevropa bozoriga chiqish strategiyasida muhim qadamlardan biridir. Turkiya geografik jihatdan Yevropaga yaqinligi sababli, kompaniya uchun muhim logistika markaziga aylanmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Turkiyaga 7 mingta BYD avtomobili olib kelindi | Zamon.uz