AQSH Xitoy uchun bojlarni 104 foizga oshirmoqda
Bu bo‘yicha Tramp tegishli qarorni qabul qildi.

AQSH Xitoy mahsulotlari uchun import bojlari miqdorini 104 foizgacha oshiradi.
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livittning maʼlum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Xitoydan olib kirilayotgan barcha mahsulotlarga qo‘shimcha 84 foiz boj joriy etish qarorini qabul qilgan. Bu esa umumiy boj stavkasini 104 foizga yetkazadi.
“Xitoy kabi davlatlar, agar ular javob chorasi sifatida harakat qilmoqchi bo‘lishsa va amerikalik ishchilarga nisbatan yomon munosabatini ikki hissa oshirishga urinayotgan bo‘lsa, bu katta xatoni bildiradi. Prezident Trampda po‘latdek mustahkam iroda bor, u yon bermaydi. Xitoy bitim tuzmoqchi, lekin buni qanday qilishni bilmayapti”, — deya izoh berdi Livitt.







