Jahon

Microsoft dunyoning eng qimmat kompaniyasi unvonini qaytarib oldi

Savdo urushi fonida Apple qadrsizlanmoqda, Microsoft kuchaymoqda.

Microsoft dunyoning eng qimmat kompaniyasi unvonini qaytarib oldi

 

Microsoft yana dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi. So‘nggi savdo sessiyalarida Apple aksiyalarining 23 foizga arzonlashuvi ortidan Microsoft bozor kapitallashuvi bo‘yicha peshqadamlikni qaytarib oldi.

 

2024-yil 8-aprel holatiga ko‘ra, Microsoft’ning kapitallashuvi 2,64 trillion dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, Apple kompaniyasining bozor qiymati 2,59 trillion dollarga tushib ketgan.

 

Mutaxassislar bunday pasayishni AQSh va Xitoy o‘rtasidagi kuchayib borayotgan savdo urushi fonida investorlarning xavotiri bilan izohlashmoqda. Ayniqsa, Apple uchun bu xavf yuqori baholanmoqda — kompaniya mahsulotlarining katta qismi, jumladan iPhone’lar, aynan Xitoyda ishlab chiqariladi. Shveytsariyaning UBS banki tahlilchilari ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga bojlarning oshishi Apple’ga sezilarli zarar yetkazadi. Ularning hisobiga ko‘ra, AQShda iPhone 16 Pro Max narxi 350 dollarga qimmatlashishi mumkin.

 

Aksincha, Microsoft bu geosiyosiy xavflarga kamroq ta’sirchan hisoblanadi. Jefferies investitsiya banki ekspertlari Microsoft’ni "savdo tariflari tomonidan yaratilgan noaniqlikdan yaxshiroq himoyalangan kompaniya" deb atamoqda. Bu kompaniyaning Xitoyga kamroq ishlab chiqarish bog‘liqligi va diversifikatsiyalangan biznes modeli bilan izohlanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, Microsoft 2021 va 2024-yil yanvar oylarida ham qisqa muddatga dunyoning eng qimmat kompaniyasi bo‘lib turgan, biroq keyinchalik Apple bu unvonni qaytargan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Microsoft dunyoning eng qimmat kompaniyasi unvonini qaytarib oldi | Zamon.uz