Jahon

Tramp deportatsiyaga qarshi chiqqanlarni jarimaga tortishni rejalashtirmoqda

Mamlakatni tark etmagan muhojirlar kuniga 998 AQSH dollari miqdorida jarimiga tortiladi.

Tramp deportatsiyaga qarshi chiqqanlarni jarimaga tortishni rejalashtirmoqda

 

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati mamlakatni belgilangan muddatda tark etmagan muhojirlarga nisbatan qat’iy choralarni qo‘llashni rejalashtirmoqda. Xabarlarga ko'ra, deportatsiya qarori chiqsa-da, AQShni tark etmaydigan shaxslar kuniga 998 AQSh dollari miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

 

Bu choralar 1996-yilda qabul qilingan qonunga tayanadi. Tramp o‘zining oldingi prezidentlik davrida ushbu qonunni 2018-yilda cherkovlarda boshpana izlagan to‘qqiz muhojirga nisbatan qo‘llab, ularga yuz minglab dollar miqdorida jarima solgan edi.

 

Yuqori martabali rasmiylarning ma’lum qilishicha, Tramp ushbu choralarni besh yil orqaga qarab qo‘llash imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda, bu esa ayrim muhojirlar uchun jarima miqdorini 1 million dollardan oshirib yuborishi mumkin.

 

Tramp ma’muriyatining bu yondashuvi ko‘proq muhojirlarni qo‘rqitish va jamoatchilik ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida amalga oshirilayotgani aytilmoqda. Eslatib o‘tamiz, prezident Jo Bayden lavozimga kelgach, bu jarimalarni bekor qilgan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tramp deportatsiyaga qarshi chiqqanlarni jarimaga tortishni rejalashtirmoqda | Zamon.uz