Trampning boyligi 500 million dollarga kamaydi
Bunga uning “savdo tariflari” siyosati sabab bo‘lgan.

Trampning boyligi uning “savdo tariflari” siyosati tufayli 500 million dollarga kamaydi. Bu haqida Forbes nashri xabar berdi.
“Bunga Donald Trampga tegishli ochiq aksiyadorlik kompaniyalari hamda xususiy xoldinglar qiymatining pasayishi sabab bo‘lgan. AQSH prezidenti tomonidan deyarli barcha davlatlardan importga qo‘yilgan bojlar natijasida fond bozori aksiyalari qulay boshlagach, Trampning eng qimmatli aktivi bo‘lgan Trump Media and Technology Group kompaniyasi qiymati 2,2 milliard dollardan 2 milliard dollargacha tushib ketdi”, deb yozadi Forbes.
Bundan tashqari, Trampning tijorat va ko‘chmas mulkdagi, kurortlar va ko‘ngilochar sanoatdagi ulushlari ham arzonlashdi. Prezidentga tegishli bo‘lgan obligauiyalar va aksiyalar qiymati ham kamaygan. Nashrning qayd etishicha, Tramp kriptovalyutalardagi sarmoyalari tufayli ham zarar ko‘rgan.
Savdo urushi boshlanishidan avval Forbes Trampning boyligini 4,7 milliard dollar deb baholagan edi. Hozir esa bu raqam 4,2 milliard dollarga tushib qolgan.







