Jahon

iPhone narxi uch baravar oshishi mumkin

Apple ishlab chiqarishni AQShga ko‘chirishni rejalashtirmoqda.

iPhone narxi uch baravar oshishi mumkin

 

iPhone narxi kelajakda uch baravar oshishi mumkin. Wedbush Securities kompaniyasi mutaxassisi Den Ives bergan intervyusida, agar Apple ishlab chiqarishni to‘liq AQShga ko‘chirishga qaror qilsa, smartfon narxi hozirgi 1000 dollardan 3500 dollargacha ko‘tarilishi mumkinligini aytdi.

 

Bugungi kunda iPhone’lar asosan Osiyoda ishlab chiqariladi. Chiplar Tayvanda, ekranlar Janubiy Koreyada tayyorlanadi, yakuniy yig‘ishning 90 foizi esa Xitoyda amalga oshiriladi. Ammo AQSh va Xitoy o‘rtasida kuchaygan savdo urushi sababli, Apple ta’minot zanjirini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘lmoqda.

 

AQSh 125 foiz boj joriy qilgan bo‘lsa, Xitoy ham javoban 84 foiz boj qo‘lladi. Bu esa Apple’ni ishlab chiqarishni AQShga, jumladan G‘arbiy Virjiniya va Nyu-Jersi shtatlariga ko‘chirishga undamoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ishlab chiqarishning atigi 10 foiz qismini ko‘chirish ham 30 milliard dollarga tushadi va 3 yil vaqt oladi.

 

Ekspertlarning ta’kidlashicha, Apple’ning butun ishlab chiqarish tizimini AQShda qayta qurish qiyin, chunki bunday darajadagi malakali ishchi kuchi va infratuzilma hozircha mavjud emas. Shu sababli, ishlab chiqarishni qisman Meksika, Kanada yoki Yevropaga ko‘chirish ehtimoli ham ko‘rib chiqilmoqda.

 

Counterpoint Research kompaniyasi iPhone narxi ishlab chiqarish joyiga qarab 30 foizgacha oshishini aytgan. Rosenblatt Securities esa, agar Apple boj xarajatlarini to‘liq iste’molchiga yuklasa, narx 43 foizga qimmatlashishini taxmin qilmoqda.

 

Xabarlarga ko‘ra, bojlar e’lon qilingach, Apple do‘konlarida navbatlar paydo bo‘lib, xaridorlar narxlar yana oshishidan xavotirda.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

iPhone narxi uch baravar oshishi mumkin | Zamon.uz