Turkiyadagi ko'mir konida kuchli portlash yuz berdi
Hodisada 13 kishi jarohatlangan.

Turkiyaning Anqara shahriga qarashli Nallihan tumanidagi Qirg‘izehold ko‘mir konida kuchli portlash sodir bo‘ldi.
Turkiya axborot agentligi xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida 13 ishchi tan jarohati olgan. Ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.
Portlash tunda, smena vaqtida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan. Voqea joyida tergov ishlari olib borilmoqda.







