Jahon

Hindistonda chaqmoq chaqishi natijasida 50 dan ortiq odam halok bo'ldi

Mutasaddilar aholiga vaqtincha ochiq havoga chiqmaslik va xavfsiz joylarda bo‘lishni tavsiya qilmoqda.

Hindistonda chaqmoq chaqishi natijasida 50 dan ortiq odam halok bo'ldi

 

Hindistonning sharqiy Bihar shtatida kuchli chaqmoq va yomg‘irli ob-havo og‘ir talafotlarga sabab bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, birgina Nalanda okrugida 18 kishi, umumiy hisobda esa 25 kishi halok bo‘lgan. Mahalliy siyosatchilarning ta’kidlashicha, qurbonlar soni 50 nafardan oshgan bo‘lishi mumkin.

 

Bu haqda PTI agentligi va Bihar shtati bosh vaziri idorasi bayonotlar berdi. Halok bo‘lganlar soni bir necha okruglarda qayd etilgan bo‘lib, voqealar kuchli bo‘ron, chaqmoq chaqishi, daraxt va devorlarning qulashi kabi hodisalar bilan bog‘liq.

 

Rashtriya Janata Dal partiyasi yetakchisi Tejashvi Yadav X (sobiq Twitter) sahifasida voqea yuzasidan chuqur qayg‘uda ekanligini bildirib, “Men Biharda bo‘ron, yomg‘ir, chaqmoq va boshqa hodisalarda 50 dan ortiq kishining halok bo‘lganidan qayg'udaman”, deb yozdi.

 

Chorshanba kuni ham shtatning to‘rtta okrugida 13 kishi chaqmoq urishi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Hodisalar aholining ochiq hududda yoki uylarida bo‘lishiga qaramay sodir bo‘lgan.

 

Hindiston Meteorologiya Boshqarmasi Bihar shtatining ayrim hududlari uchun “qizil darajali” ogohlantirish e’lon qildi. Bu ogohlantirish aholiga ehtiyot choralarini ko‘rish va noqulay ob-havoga tayyor turishni bildiradi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.