Jahon

Tramp Grenlandiyani AQSh tarkibiga qo‘shish bo‘yicha aniq rejalar tuzdi

Grenlandiyaliklarga yiliga 10 ming dollardan berishini aytgan.

Tramp Grenlandiyani AQSh tarkibiga qo‘shish bo‘yicha aniq rejalar tuzdi

 

Xabarlarga ko‘ra, Tramp ma'muriyati Grenlandiyani Qo‘shma Shtatlar tarkibiga qo‘shish rejasini ishlab chiqib, bu haqdagi ko‘rsatmalarni tegishli idoralarga yuborgan. Rejaga ko‘ra, orol aholisining AQSh bilan birlashish istagini o‘zi ilgari surishi uchun maxsus media kampaniya o‘tkazilishi ham mo‘ljallangan.

 

Ma'lumotlarda bu kampaniya allaqachon ish boshlangani aytilmoqda. AQSh rasmiylari Daniya Grenlandiya aholisiga yetarli darajada e’tibor bermayotganini ochiq aytmoqda. Shuningdek, faqat Qo‘shma Shtatlar orolni Rossiya va Xitoy ta’siridan himoya qila olishini ta’kidlashmoqda. Tramp esa AQSh grenlandiyaliklarga “boyib ketishda” yordam berishini bildirgan.

 

Bundan tashqari, Tramp ma'muriyati Grenlandiya aholisi uchun moliyaviy rag‘batlantirish choralarini ham ko‘rib chiqmoqda. Masalan, Daniya har yili ajratadigan 600 million dollarlik subsidiyalar o‘rniga, har bir fuqaro uchun yiliga taxminan 10 ming dollar to‘lov joriy etilishi mumkin.

 

Ma’muriyatdagi ayrim amaldorlar bu xarajatlar Grenlandiyadagi mis, oltin, uran va neft kabi tabiiy boyliklardan olinadigan daromadlar orqali qoplanishini hisobga olishmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tramp Grenlandiyani AQSh tarkibiga qo‘shish bo‘yicha aniq rejalar tuzdi | Zamon.uz