Jahon

Rossiya koinotda yadro quroli joylashtirmoqchi

Rossiya sun’iy yo‘ldoshlarga qarshi qurol ishlab chiqmoqda.

Rossiya koinotda yadro quroli joylashtirmoqchi

 

NATO bosh kotibi Mark Ryutte Rossiya koinotda yadro quroli joylashtirish imkonini ko‘rib chiqayotgani haqida ogohlantirdi. Unga ko‘ra, bu qurol sun’iy yo‘ldoshlarga qarshi qo‘llanilishi mumkin.

 

Ryuttening ta’kidlashicha, Rossiyaning mavjud koinotdagi salohiyati zamonaviy G‘arb texnologiyalaridan orqada qolgan. Shu bois Moskva o‘z qudratini oshirish uchun yadroviy texnologiyalar orqali ustunlikka erishishga urinmoqda.

 

Bosh kotib NATOning bu yangi tahdidlarga qarshi choralar ko‘rayotganini aytib, quyidagi harakatlarni sanab o‘tdi: razvedka ma’lumotlari almashinuvi, milliy koinot qo‘mondonliklari tashkil etilishi va himoyalangan sun’iy yo‘ldoshlar ishlab chiqilishi.

 

"Bugungi kunda koinot tobora tiqilinch, tahlikali va oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan makonga aylanyapti", — dedi u.

 

Ryutte shuningdek, NATO ilk bor Arktika hududida sun’iy yo‘ldoshlar orqali kuzatuvni kengaytirayotganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, Xitoy va Rossiya mintaqadagi yangi dengiz yo‘llaridan faol foydalanmoqda va ayrim hududlarni harbiylashtirmoqda.

 

"Sun’iy yo‘ldoshlar orqali biz harakatlarni nazorat qilishimiz, qo‘shinlarimizni ishonchli va xavfsiz aloqalar bilan ta’minlashimiz mumkin", — dedi NATO rahbari.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiya koinotda yadro quroli joylashtirmoqchi | Zamon.uz