Jahon

Ukrainada harbiy holat 90 kunga uzaytiriladi

Prezidentlik saylovlari yana kechiktirilishi mumkin.

Ukrainada harbiy holat 90 kunga uzaytiriladi

 

Ukraina parlamenti – Oliy Rada – 2025-yil 15–18-aprel kunlari navbatdagi harbiy holat va umumiy safarbarlik muddatini uzaytirish bo‘yicha qaror qabul qilishi kutilmoqda. Bu haqda deputat Yaroslav Jeleznyak o‘zining YouTube kanalida ma’lum qildi.

 

Eslatib o‘tamiz, harbiy holat Ukrainada 2022-yil fevral oyida joriy etilgan bo‘lib, shundan buyon har 90 kunda uzaytirib kelinmoqda. Oxirgi marta 2025-yil yanvar oyida harbiy holat 8-fevraldan 9-maygacha bo‘lgan muddatga uzaytirilgan edi.

 

Jeleznyakning ta’kidlashicha, bu safar ham harbiy holat odatdagidek oldindan uzaytiriladi. Agar bu holat avgust oyigacha davom etsa, prezidentlik saylovlarini o‘tkazish imkoniyati bo‘lmaydi. Saylovlarga tayyorgarlik jarayoni esa kamida 90 kun vaqt talab qiladi.

 

Ma’lumot uchun, amaldagi prezident Vladimir Zelenskiyning vakolati 2024-yil 20-mayda yakunlangan. Ammo urush sharoiti tufayli prezident saylovlari o‘tkazilmagan edi. Ayrim xalqaro siyosatchilar, jumladan AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp Zelenskiyni “saylovsiz diktator” deb atab, uning reytingi 4 foizgacha tushganini bildirgan.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish shartlarini ma’lum qildi: AQSHdan javob kutilmoqda

Eron AQSH Tehron tomonidan taqdim etilgan shartlarni bajarmaguncha Hormuz bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun ochmasligini ma’lum qildi.

custom img

Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi: qurbonlar bor

Moskva meri hujumlar parlament saylovlarini izdan chiqarishga qaratilganini aytdi.

custom img

Husiylar Saudiya poytaxtiga hujum qildi: Ar-Riyod aeroporti yaqinida qora tutun ko‘tarildi

Hutiylar Saudiya Arabistonidagi qator nishonlarga raketa va dronlar bilan zarba berganini bildirdi.

custom img

Isroil zarbalari: G‘azoda kamida uch kishi halok bo‘ldi

Zarba qochqinlar lageri yaqiniga berilgan.

custom img

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

custom img

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi

Tehronda hukumat tomonidan tashkil etilgan mitingda yangi ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, ishtirokchilar mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

custom img

“Doimiy nazorat” ortidan: Grenlandiya va Daniya AQSh bilan kelishuv tafsilotlarini ochiqladi

Vashington Grenlandiyada harbiy ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan, biroq uning aniq shartlari hozircha ochiqlanmagan.

custom img

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"