Jahon

Turkiyada Ukraina va Rossiya o‘rtasida muzokaralar o‘tkaziladi

Uchrashuvlar 15–16 aprel kunlari bo'lib o'tishi kutilmoqda.

Turkiyada Ukraina va Rossiya o‘rtasida muzokaralar o‘tkaziladi

 

15–16 aprel kunlari Turkiya poytaxti Anqarada Rossiya va Ukraina rasmiylari ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligi manbalari xabar bermoqda.

 

Muzokaralarda asosiy e’tibor Qora dengizdagi kemalar xavfsizligi masalalariga qaratilishi aytilmoqda. Hozircha Rossiya ham, Ukraina ham bu uchrashuvni rasmiy tarzda tasdiqlamagan.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Saudiyalik vositachilik ostida o‘tkazilgan uchrashuvlarda ham Qora dengizda otishmalarni to‘xtatish, xavfsiz navigatsiya va portlar faoliyatini tiklash masalalari ko‘tarilgan edi.

 

Rossiya tomoni o‘z navbatida xalqaro oziq-ovqat ta'minoti barqarorligini tiklash uchun, unga nisbatan qo‘llanilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va o‘g‘itlar eksportiga doir sanksiyalarni bekor qilishni talab qilgan.

custom img

Ukraina Rossiyaga yuzlab dronlar bilan hujum qildi: Wildberries omborida yong‘in chiqdi

Hujum oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Moskva va boshqa hududlardagi ayrim aeroportlar faoliyati cheklandi.

custom img

Islom Maxachev UFC tarixidagi rekordni yangiladi

34 yoshli MMA jangchisi irlandiyalik raqibini mag‘lub qilib, ketma-ket 17-jangida zafar quchdi.

custom img

Turkiyada yozgi mavsumning eng mashhur milliy taomlari ma’lum qilindi

Sovuq sho‘rvalar, zaytun moyida tayyorlangan sabzavotli taomlar, turli salatlar va mashhur Marash muzqaymog‘i yozgi dasturxonning asosiy ta’mlaridan bo‘lmoqda.

custom img

Isroilning Livan janubiga bergan zarbalaridan 11 kishi halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida uch nafar bola bor, yana 19 kishi jarohatlangan.

custom img

“Hormuz bo‘g‘ozi Eronniki bo‘lib qoladi” — Eron

Eron Donald Trampning Hormuz bo‘g‘ozini AQSH hududi deb e’lon qilish haqidagi bayonotiga javob berdi

custom img

Rossiya yozda Ukrainaning 19 ta aholi punktini egallaganini bildirdi

Mudofaa vazirligi Dnipropetrovsk va Zaporijjya viloyatlaridagi aholi punktlari egallanganini ma’lum qilgan.

custom img

Tataristonda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning oilalariga 2 mln rubldan beriladi

Jarohatlanganlarga esa jarohat darajasiga qarab 300 mingdan 600 ming rublgacha kompensatsiya to‘lanadi.

custom img

Tramp Kamala Xarrisni yana prezidentlikka nomzod ko‘rsatishni taklif qildi

U Xarrisning Bayden ma’muriyatidagi faoliyatini, jumladan, chegara siyosatidagi rolini tanqid qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"