Germaniyada kichik samolyot qulab tushdi
Fojia oqibatida 2 kishi halok bo'lgan.

Quyi Saksoniyaning Salzgitter shahrida kichik samolyotning qulashi og‘ir fojia bilan yakun topdi.
Xabar berilishicha, voqea oqibatida samolyotda bo‘lgan ikki uchuvchi halok bo‘lgan.
Qayd etilishicha, ikki o‘rinli samolyot Salzgitter aerodromidan havoga ko‘tarilganidan so‘ng, taxminan bir kilometrcha masofa bosib o‘tgach, Salzgitter AG po‘lat ishlab chiqaruvchi korxona hududiga qulab tushgan. Samolyot qulagan zahoti yong‘in chiqqan, hozirda o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar voqea joyida ishlamoqda.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, halokatga texnik nosozlik, xususan, dvigatel muammosi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Hodisa yuzasidan tergov ishlari boshlab yuborilgan. Politsiya bu voqeani hozircha baxtsiz hodisa sifatida baholamoqda.







