Husiylar AQSHni Yamandagi hujumlarda aybladi
Ikkita ballistik raketa Isroilga uchirildi.

Yamandagi husiylar harakati AQSHni Sana janubidagi obyektlarga havo hujumlari uyushtirishda aybladi. Harakatning matbuot kotibi Nasriddin Amerning xabar berishicha, hujumlar oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan va 10 nafar fuqaro jarohat olgan. Husiylar mamlakatning boshqa hududlariga ham zarbalar berilganini maʼlum qilishgan. Vashington esa bu hujumlar yuzasidan hozircha rasmiy izoh bergani yo‘q.
Hujumlar fonida husiylar Isroilga ikkita ballistik raketa uchirganliklarini maʼlum qilishdi. Isroil mudofaa kuchlari - SAXAL bu hujumlarni muvaffaqiyatli ravishda qaytarganini eʼlon qildi.
Yamandagi vaziyat mintaqadagi taranglikni yana-da kuchaytirmoqda. AQSH va Isroilga qarshi husiylar tomonidan amalga oshirilayotgan harakatlar mintaqaviy keskinlikning yangi bosqichga ko‘tarilganini ko‘rsatmoqda.







