Seulda aprel oyida qor yog‘di
Ushbu tabiat hodisasi 81 yildan so‘ng ilk bora sodir bo'ldi.

Janubiy Koreya poytaxti Seul aholisi bu yil aprel oyining o‘rtalarida noodatiy tabiat hodisasiga guvoh bo‘ldi — gilos daraxtlari gullagan faslda qor yog‘di.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sovuq havo Seulda havo haroratini 2-4 darajaga pasaytirib, qor yog‘ishiga sabab bo‘ldi. Bu holat Seulda 81 yil ichida ilk bor ro‘y bermoqda — oxirgi marta aprel oyida qor 1944-yilda kuzatilgan edi.
Mahalliy aholi va ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar bunday g‘ayrioddiy ob-havoni “bahor va qishning to‘qnashuvi” deb atamoqda.







