AQShda birinchi bo‘lib Florida Meksika ko‘rfazi nomini o‘zgartirdi
Ron DeSantis “Amerika ko‘rfazi” qonunini imzoladi.

Florida shtati AQShda birinchi bo‘lib Meksika ko‘rfazining nomini o‘zgartirishga rasmiy tarzda kirishdi. Gubernator Ron DeSantis “Meksika ko‘rfazi” atamasini “Amerika ko‘rfazi” bilan almashtirishga oid qonun loyihasini imzoladi.
Bu qaror shtat darajasida toponim o‘zgarishini qonuniylashtirgan birinchi holat bo‘lib tarixda qoldi. Qonun tashabbuskorlaridan biri: “Florida prezident Trampning siyosiy yo‘nalishini davom ettirganidan va Amerika ko‘rfazini tan olgan birinchi shtat bo‘lganidan faxrlanadi”, — deya bayonot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda esa gubernatorlik ofisi vakillari yashil fonli “Amerika ko‘rfazi” degan yangi yo‘l belgilarini ko‘tarib turgan suratlar bilan bo‘lishmoqda.







