Jahon

Isroil harbiylari G‘azodagi 1,2 kilometrlik tunnelni yo‘q qildi

Tunnel yaqinidan 20 ga yaqin portlovchi qurilmalar topilgan.

Isroil harbiylari G‘azodagi 1,2 kilometrlik tunnelni yo‘q qildi

Isroil mudofaa kuchlari (IDF) G‘azo sektorining shimoliy qismida joylashgan, HAMAS harakatiga tegishli deb hisoblangan 1,2 kilometr uzunlikdagi va 20 metr chuqurlikdagi tunnelni yo‘q qilganini ma’lum qildi. IDF matbuot xizmatining xabar berishicha, bu tunnel harbiy operatsiyalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u orqali HAMAS jangchilari urushda harakat qilgan.

 

Operatsiya davomida IDF dronlari qo‘shinlar yaqinida portlovchi moslama o‘rnatayotgan bir necha shaxsni aniqlab, ularni nishonga olib yo‘q qilgan. Tunnel yaqinida 20 ga yaqin portlovchi qurilmalar, tankka qarshi raketalar va boshqa qurollar saqlangan ombor ham aniqlangan.

 

Shu kuni ertalab Isroil armiyasi G‘azo shimolidagi Al-Ahli kasalxonasiga ham zarba berganini e’lon qildi. Isroil tomoni bu yerda HAMAS qo‘mondonlik markazi joylashganini bildirgan. Zarba berilishidan oldin shifoxona va tinch aholiga zarar yetkazmaslik uchun ehtiyot choralar ko‘rilgani ta’kidlandi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Isroil harbiylari G‘azodagi 1,2 kilometrlik tunnelni yo‘q qildi | Zamon.uz