Jahon

Yaponiya aholisi keskin kamaymoqda

1950-yildan beri eng yirik pasayish qayd etildi.

Yaponiya aholisi keskin kamaymoqda

 

Yaponiya tarixdagi eng keskin demografik pasayish holatini boshdan kechirmoqda. 2024-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, mamlakat aholisi o‘tgan yilga nisbatan 898 ming kishiga kamaydi. Bu 1950-yildan beri yuritilayotgan statistik kuzatuvlardagi eng katta yillik yo‘qotishdir.

 

Yaponiya fuqarolari soni hozirda 120,3 million kishini tashkil etmoqda. Xorijlik rezidentlar bilan birgalikda umumiy aholining soni 123,8 millionga teng, bu esa 550 ming kishilik kamayishni anglatadi. Mamlakatda aholi sonining pasayishi ketma-ket 14-yildan beri davom etmoqda.

 

Ma'lum qilinishicha, Yaponiya dunyodagi eng past tug‘ilish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lib qolmoqda. 2024-yil fevralida esa 100 yillik tug‘ilish antirekordi qayd etildi. Shu bilan birga, o‘lim holatlari esa tarixiy eng yuqori darajaga yetdi.

 

Bu demografik o‘zgarishlar mehnat bozoriga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda — kompaniyalar malakali ishchi kuchi tanqisligidan aziyat chekmoqda. Hukumat yosh xorijiy mutaxassislarni jalb etish yo‘llarini ko‘rib chiqmoqda, biroq migratsiya qoidalari hanuz qat’iyligicha qolmoqda.

 

Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Yoshimasa Xayashi hukumat yosh oilalarni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar ustida ishlayotganini ta’kidladi. Maqsad — har bir farzand ko‘rishni istagan oilaga bu qarorni amalga oshirishga imkon berishdir.

 

Ma'lumotlarga ko‘ra, yoshlar orasida oila qurish istagi pasayib bormoqda. Sabablari orasida beqaror bandlik, hayot tarzidagi o‘zgarishlar va ijtimoiy qarashlarning evolyutsiyasi bor.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Yaponiya aholisi keskin kamaymoqda | Zamon.uz