AQSh va Fransiya o‘rtasida muhim muzokaralar o'tkaziladi
Uchrashuvlarda Ukraina, Eron va boj masalalari muhokama qilinadi.

AQSh va Fransiya o‘rtasida geosiyosiy va iqtisodiy masalalarni qamrab oluvchi yangi bosqichdagi muzokaralar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Ma'lum qilinishicha, AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Marko Rubio hamda prezident Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff shu hafta oxirida Fransiyaga tashrif buyuradi.
Muzokaralar doirasida Uitkoff Parijda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashishi, Rubio esa Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro bilan alohida muloqot olib borishi rejalashtirilgan.
Manbalarga ko‘ra, uchrashuvlar davomida tomonlar bir nechta dolzarb masalalarni — xususan, Ukrainadagi urush bo‘yicha G‘arb siyosatini muvofiqlashtirish, Eron bilan yadro kelishuvi atrofidagi vaziyat hamda AQShning Yevropa mahsulotlariga bojlar joriy etish tahdidi kabi savdo siyosatini muhokama qiladilar.
Bu tashrif AQSh va Fransiya o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash va yaqin kelajakdagi siyosiy yo‘nalishlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan navbatdagi qadam sifatida baholanmoqda.







