Jahon

AQSh Xitoyni izolyatsiyaga olish uchun keng koalitsiya yaratmoqchi

Tramp 70 ta davlatni Xitoyga qarshi global bojxona blokiga chorlamoqda.

AQSh Xitoyni izolyatsiyaga olish uchun keng koalitsiya yaratmoqchi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp boshchiligidagi ma’muriyat Xitoy iqtisodiyotini global miqyosda izolyatsiya qilish maqsadida 70 dan ortiq davlat bilan hamkorlik o‘rnatishga urinmoqda.

 

Washington tariflar bo‘yicha olib borilayotgan yangi muzokaralarda savdo hamkorlariga quyidagicha taklif bilan chiqmoqda: agar ular Xitoy mahsulotlariga kirishni cheklasa, AQSh o‘z boj siyosatini qayta ko‘rib chiqishga tayyor. Xususan, Xitoydan kelayotgan sanoat mahsulotlariga nisbatan xaridlarni kamaytirish, Xitoy kompaniyalarining faoliyatiga to‘sqinlik qilish va “oraliq tranzit” orqali Xitoy mahsulotlarini o‘z hududi orqali boshqa bozorlarga o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslikni taklif qilmoqda.

 

AQShning bu bosimi Pekin bilan kuchayib borayotgan savdo urushining davomidir. Yaqqol misol — AQSh Xitoy mahsulotlariga 145 foizgacha bo‘lgan bojlarni joriy qilgan bo‘lsa, Xitoy ham javoban Amerika tovarlariga 125 foizlik bojlar bilan javob qaytardi.

 

Tramp ma’muriyati xalqaro savdo zanjirlarini Xitoydan uzoqlashtirish orqali global ishlab chiqarish taqsimotini o‘zgartirishga urinmoqda. Bu esa global iqtisodiyotga uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSh Xitoyni izolyatsiyaga olish uchun keng koalitsiya yaratmoqchi | Zamon.uz