Gonkong AQSh bojlari sababli pochta xizmatlarini to‘xtatdi
27-apreldan Gonkongdan AQShga tovar jo‘natmalari qabul qilinmaydi.

Gonkong AQSh bilan yuzaga kelgan savdo ziddiyatlari tufayli 27-apreldan boshlab AQShga pochta xizmatlarini cheklaydi. Rasmiy bayonotga ko‘ra, Gonkong Pochtasi endilikda AQShga quruqlik va dengiz yo‘llari orqali yuborilishi kerak bo‘lgan tovarlarni qabul qilmaydi. Shuningdek, havo pochta jo‘natmalarining rasmiylashtirilishi ham to‘xtatiladi.
Gonkong rasmiylari bu chorani AQShning asossiz bosimi va noqonuniy boj solish harakatlariga javoban ko‘rmoqda. Bayonotda ta’kidlanishicha: “Hongkong Post AQSh nomidan boj undirmaydi va noqonuniy bosimlarga rozi bo‘lmaydi.”
Shunga qaramay, mazkur cheklov faqatgina tijoriy tovarlarga taalluqli bo‘lib, hujjatlarni o‘z ichiga olgan jo‘natmalarga tatbiq etilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda AQSh ma’muriyati 2-maydan boshlab Xitoy, jumladan Gonkongdan yuboriladigan pochta jo‘natmalari uchun amal qilgan bojsiz rejimni bekor qilishini e’lon qilgan edi.








