Myanmada kuchli toshqin yuz berdi
Mart oyi oxiridagi zilzilada 3,5 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan edi.

Myanmada tabiiy ofatlar davom etmoqda. Mart oyining oxirida yuz bergan vayronkor zilziladan so‘ng, endi esa mamlakat kuchli yomg‘irlar natijasida katta toshqinga duch keldi.
Mamlakatning ikkinchi yirik shahri hisoblangan Mandalay toshqin tufayli suv ostida qoldi. Hozircha yetkazilgan zarar miqyosi va qurbonlar soni haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, mart oyi oxirida Myanmada sodir bo‘lgan zilzila oqibatida 3,5 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan edi. Aprel boshida esa mamlakatda yana yer silkinishlari kuzatilgan.







