Jahon

AQSh portlariga Rossiya kemalari kirishini taqiqlovchi farmon uzaytirildi

Tramp Rossiya kemalari kirishini 2026-yilgacha man qildi.

AQSh portlariga Rossiya kemalari kirishini taqiqlovchi farmon uzaytirildi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat portlariga Rossiya bilan bog‘liq kemalarning kirishini taqiqlovchi chorani yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqda Oq uy hujjatlari Federal reyestrda e’lon qilindi.

 

Xabarlarga ko‘ra, taqiq Rossiya bayrog‘i ostida yuradigan yoki Rossiya Federatsiyasi bilan aloqador bo‘lgan barcha kemalarni qamrab oladi. Trampning bayonotida qayd etilishicha, “Rossiya hukumatining siyosati va harakatlari AQSh tashqi siyosatiga zarar yetkazishda va milliy favqulodda holatni yuzaga keltirishda davom etmoqda”.

 

Eslatib o‘tamiz, ushbu cheklov ilk bor 2022-yil 21-aprelda Prezident Jo Bayden tomonidan joriy qilingan edi. Yangi farmonda Rossiyaga aloqador deb topilgan kemalarning aniqlanish mezonlari ham qayd etilgan: bu kemalar Rossiya bayrog‘i ostida yurishi, egasi Rossiya hukumati, kompaniyasi, fuqarosi yoki doimiy rezidenti bo‘lishi, yoki kemani tijorat maqsadlarida boshqarayotgan shaxslar Rossiyaga tegishli bo‘lishi kerak.

 

Mazkur qaror AQShning Rossiyaga qarshi davom etayotgan siyosiy va iqtisodiy sanksiyalari doirasida amalga oshirilmoqda.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish shartlarini ma’lum qildi: AQSHdan javob kutilmoqda

Eron AQSH Tehron tomonidan taqdim etilgan shartlarni bajarmaguncha Hormuz bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun ochmasligini ma’lum qildi.

custom img

Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi: qurbonlar bor

Moskva meri hujumlar parlament saylovlarini izdan chiqarishga qaratilganini aytdi.

custom img

Husiylar Saudiya poytaxtiga hujum qildi: Ar-Riyod aeroporti yaqinida qora tutun ko‘tarildi

Hutiylar Saudiya Arabistonidagi qator nishonlarga raketa va dronlar bilan zarba berganini bildirdi.

custom img

Isroil zarbalari: G‘azoda kamida uch kishi halok bo‘ldi

Zarba qochqinlar lageri yaqiniga berilgan.

custom img

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

custom img

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi

Tehronda hukumat tomonidan tashkil etilgan mitingda yangi ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, ishtirokchilar mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

custom img

“Doimiy nazorat” ortidan: Grenlandiya va Daniya AQSh bilan kelishuv tafsilotlarini ochiqladi

Vashington Grenlandiyada harbiy ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan, biroq uning aniq shartlari hozircha ochiqlanmagan.

custom img

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"