Britaniyada dronlarga qarshi RapidDestroyer quroli yaratildi
Britaniyaning yangi quroli Ukrainada qo'llanilishi mumkin.

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi dronlarga qarshi mo‘ljallangan yangi elektron qurol – RapidDestroyerni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini ma’lum qildi. Ma'lumotlarga ko‘ra, kuchli radiochastotalar orqali ishlaydigan bu qurilma kelajakda Ukrainada qo‘llanishi mumkin.
Rasmiy bayonotga ko‘ra, sinovlar chog‘ida sakkiztadan iborat ikkita dron guruhi bir zumda zararsizlantirilgan. Umumiy hisobda esa hozirgacha 100 dan ortiq dron ushbu texnologiya orqali yo‘q qilingan.
RapidDestroyer Fransiyaning Thales mudofaa sanoati gigantining boshchiligidagi konsortsium tomonidan ishlab chiqilgan. Qurilma yuk mashinasi kuzoviga joylashtiriladi va ishlashi uchun katta miqdorda energiya talab etiladi.







