Jahon

Britaniyada Googlega qarshi da'vo qo'zg'atildi

Google raqobatni suiiste’mol qilgani uchun 6,6 milliard dollarlik ayblovga duch kelmoqda.

Britaniyada Googlega qarshi da'vo qo'zg'atildi

 

Texnologiya giganti Google Buyuk Britaniyada yirik huquqiy bosim ostida qoldi. Kompaniyaga qarshi 5 milliard funt sterling (taxminan 6,6 milliard dollar) miqdorida jamoaviy da’vo arizasi sudga taqdim etildi. Xabarlarga ko‘ra, ish materiallari mamlakatning raqobat bo‘yicha apellyatsiya sudiga kelib tushgan.

 

Da’vogarlar Google’ni onlayn qidiruv bozorida hukmronlik mavqeini suiiste’mol qilganlikda ayblamoqda. Ularning fikricha, kompaniya raqobatchilarning rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan va qidiruv reklamalariga oid xizmatlarida monopol holat yaratgan. Bu orqali Google o‘z platformasini reklama joylashtirishda yagona variantga aylantirgan.

 

Da’vogarlar advokati Or Brukning ta’kidlashicha, Google reklama narxlarini sun’iy ravishda yuqori darajada ushlab turish uchun qidiruv bozoridagi ustunlikdan foydalangan.

 

Shuningdek, da’voda qayd etilishicha, kompaniya smartfon ishlab chiqaruvchilari bilan Android qurilmalariga Google Search va Chrome brauzerini oldindan o‘rnatish shartini qo‘ygan. Bundan tashqari, Apple kompaniyasiga Safari brauzerida Google’ni standart qidiruv tizimi sifatida saqlash evaziga milliardlab dollar to‘lagani ham da’vo mazmuniga kiritilgan.

 

Mutaxassislar ushbu ish texnologik monopoliyalarga qarshi kurashda muhim burilish bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Britaniyada Googlega qarshi da'vo qo'zg'atildi | Zamon.uz