Turkiya tarixida giyohvandlikka qarshi eng yirik operatsiya o'tkazildi
520 dan ortiq gumonlanuvchilar hibsga olingan.

Turkiyada ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan keng ko‘lamli NARKOKAPAN-Ankara operatsiyasi mamlakat tarixidagi eng yirik giyohvand moddalar savdosiga qarshi tadbir sifatida qayd etildi. Operatsiya natijasida 525 gumonlanuvchi hibsga olindi.
Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikayaning aytishicha, operatsiya 17-aprel kuni tonggi soat 05:00 da boshlangan. Unda 4768 nafar politsiyachi, shu jumladan 1461 nafar maxsus kuchlar, 40 ta xizmat itlari, 4 ta dron va aviatsiya yordami ishtirok etgan.
Huquq-tartibot idoralari bir vaqtning o‘zida 626 ta manzilda tintuv o‘tkazdi, bu esa operatsiyani misli ko‘rilmagan darajada keng qamrovli qilgan.
Ali Yerlikaya ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida: “Biz Anqarada giyohvand moddalar savdogarlari ustidan eng yirik zarbani berdik”, – deya bayonot bergan.







