AQShda maktab avtobusi halokatga uchradi
Fojia oqibatida 1 kishi halok bo'lgan.

AQShning Janubiy Karolina shtatida maktab o‘quvchilari ekskursiyadan qaytayotgan avtobus fojiali avtohalokatga uchradi. Hodisa Shimoliy Karolina shtatining Sharlotta shahri yaqinida, avtomagistralda sodir bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, avtobusning shinalaridan biri yorilib ketgan va bu transport vositasining ag‘darilishiga sabab bo‘lgan. Voqea joyiga zudlik bilan qutqaruv va tibbiy brigadalar yetib borgan.
Avtohalokat oqibatida bir kishi halok bo‘lgan. Yana 21 kishi turli darajadagi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizildi, ulardan besh nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Jabrlanganlarning aksariyati – maktab yoshidagi o‘quvchilar bo‘lib, avtobusda jami 38 kishi bo‘lgan, 35 nafari bolalar edi.
Avariya tufayli avtomagistral harakati bir necha soatga to‘xtatildi. Hozirda hodisa yuzasidan rasmiy tergov harakatlari olib borilmoqda.







