Bayden maruzachilik xizmatini taklif qilmoqda
U birgina nutq uchun $300 ming talab qilgan.

AQSHning sobiq prezidenti Jo Bayden tadbirlarda maʼruzachi sifatida ishtirok etishni boshladi va har bir chiqish uchun $300 ming so‘ramoqda.
Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, agar tadbir boshqa shaharda bo‘lsa, Baydenga xususiy samolyot va besh nafar yordamchisi uchun barcha xarajatlar ham to‘lab berilishi shart. Shu bilan birga, uni tinglashni xohlovchilar soni juda kam ekani alohida taʼkidlangan.







