Germaniyada Ikkinchi jahon urushi davriga oid bomba topildi
Favqulodda operatsiya sabab 7800 kishi evakuatsiya qilingan.

Germaniyaning Ko'ln shahrida Ikkinchi jahon urushi davridan qolgan 500 kilogrammlik portlamagan havo bombasi topildi. Voqea 17-aprel kuni shaharning Zultse tumanida qurilish ishlari vaqtida ro‘y bergan. Mutaxassislar bu snaryadni vaqtli portlovchi bomba deb baholadi va darhol xavfsizlik choralarini ko‘rishga kirishdi.
Ko'ln hokimiyati tezkor ravishda bomba zararsizlantirilishi bo‘yicha maxsus operatsiyani boshladi. Bombaning topilgan joyidan 500 metr radiusdagi hududdan 7800 ga yaqin aholi evakuatsiya qilindi. Evakuatsiya hududiga shaharning eng baland inshootlaridan biri-45 qavatli Uni markazi ham kiradi.
Operatsiya davomida jamoat transporti harakati to‘xtatilgan, xavfsizlik kuchlari va maxsus mutaxassislar voqea joyida ish olib bormoqda. Hozircha bomba muvaffaqiyatli zararsizlantirilgani haqida rasmiy ma’lumot berilmagan, lekin barcha xavfsizlik choralari ko‘rilmoqda.







