Jahon

Hamas moliyaviy inqirozga yuz tutmoqda

Inqirozga Isroilning harbiy amaliyotlari sabab bo‘lgan.

Hamas moliyaviy inqirozga yuz tutmoqda

 

Ma'lum qilinishicha, Hamas mart oyidan beri jiddiy moliyaviy muammolarga duch kelmoqda. Ilgari harakat a’zolariga oylik 200–300 dollar to‘lanar edi, hozirda esa bu mablag‘ ikki barobarga kamaygan.

 

Ma'lumotlarga ko‘ra, bu inqirozga Isroilning harbiy amaliyotlari sabab bo‘lgan. G'azo sektorida Hamasning moliyaviy homiylari va rahbariyatiga berilgan zarbalar oqibatida naqd pul oqimi izdan chiqqan. Pul tarqatishning odatiy usullari — kurerlar yoki yashirin punktlar orqali — endi xavf ostida, ularni Isroil kuchlari nishonga olmoqda.

 

Hatto katta miqdorda pul bo‘lsa ham, uni tarqatish deyarli imkonsiz bo‘lib qolgan. Natijada, G'azo aholisining Hamasga nisbatan noroziligi kuchaymoqda. 16-aprel kuni minglab odamlar “Hamas ket!” shiori ostida ko‘chalarga chiqdi. Guvohlar bu namoyishni so‘nggi yillardagi eng katta noroziliklardan biri deb atamoqda.

 

Namoyishchilardan biri shunday dedi: “Bu oddiy namoyish emas. Bu minglab insonlarning yurakdan chiqqan talabi. Biz tinchlik istaymiz. Bolalarimiz halok bo‘layotganida Hamas jim turmasin — yashashni istaymiz.”

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Hamas moliyaviy inqirozga yuz tutmoqda | Zamon.uz