Italiyaning Turin shahrida daryo toshdi
Shaharning ayrim qismi suv ostida qoldi.

Italiyaning Turin shahrida kuchli yomg‘irlar oqibatida daryo qirg‘og‘idan oshib, shaharning ayrim ko‘chalari suv ostida qoldi. RT nashrining xabar berishicha, tabiiy ofat oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lgan.
Suv toshqini Turinda transport harakatiga jiddiy to‘siq bo‘lgan, mahalliy hokimiyat ayrim jamoat joylarini yopishga majbur bo‘ldi. Favqulodda xizmatlar aholini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish ishlarini amalga oshirmoqda.
Hozirda shaharda ob-havo sharoiti barqarorlashmagan va yana-da ko‘proq yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Mahalliy aholiga ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish tavsiya etilmoqda.







