Neapol yaqinida teleferik fojiasi yuz berdi
Kabel uzilishi oqibatida to‘rt kishi halok bo'lgan.

Italiyaning Neapol provinsiyasidagi Monte-Fayto hududida yuz bergan dahshatli voqeada teleferik kabelining uzilishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi og‘ir jarohat olgan.
Hodisa vaqtida xavfsizlik tizimi avtomatik tarzda ishga tushib, kabinalar qulflangan, biroq ulardan ikkitasi havoda osilib qolgan. Eng yaqin tog'ga yaqin bo‘lgan kabina ichida to‘rt nafar yo‘lovchi va bir xodim bo‘lgan. Aynan o'sha shu kabina qoyaga qulab tushgan.
Voqeadan keyin 11 nafar yo‘lovchi xavfsizlik kamarlaridan foydalangan holda evakuatsiya qilindi. Ular Castellammare di Stabia tog' poydevoriga yetkazildi. Qutqaruv operatsiyasi taxminan 1,200 metr balandlikda olib borilgan va ob-havoning yomonligi, ayniqsa tuman tufayli murakkab kechgan.
Torre Annunziata prokuraturasi qutqaruv ishlari yakunlangach darhol tergov ishlarini boshlashini ma’lum qilgan. Voqea joyida hozirda o‘t o‘chiruvchilar, karabinerlar, politsiya ва fuqarolik mudofaasi xizmatlari faoliyat yuritmoqda.







