Rossiyada “Tolibon”ga nisbatan 20 yillik taqiq bekor qilindi
Oliy sud “Tolibon”ni taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan vaqtincha chiqardi.

Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi 2025-yil 17-aprel kuni “Tolibon” harakatiga nisbatan 2003–2004 yillarda qabul qilingan “ekstremistik tashkilot” maqomini vaqtincha bekor qilish qarorini chiqardi. Bu qaror Rossiya Tashqi ishlar vazirligining so‘roviga asosan qabul qilindi. Rasmiylar buni Afg‘oniston bilan diplomatik munosabatlarni rivojlantirish zarurati bilan izohlashmoqda.
Shunga qaramay, “Tolibon” hali ham ko‘plab xalqaro tashkilotlar, jumladan BMT tomonidan tan olinmagan. Rossiyada bu qaror yakuniy emas – Oliy sud bu boradagi yakuniy qarorni keyinroq qabul qiladi. Tashqi ishlar vazirligi va boshqa vakolatli idoralar ushbu harakat bilan muloqot qilish imkoniyatlarini ochiq qoldirmoqda.







