Suriyadan BAAga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar qayta tiklandi
Yangi reyslar Damashq va BAAning yirik shaharlarini bog‘laydi.

Suriya havo yo‘llari Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar tiklanganini rasman e’lon qildi. Bu qaror ikki mamlakat o‘rtasidagi aviatashuvlarni rivojlantirish va sayohatni osonlashtirish maqsadida qabul qilindi.
Yangi reyslar Damashq va BAAning yirik shaharlarini bog‘laydi. Parvozlar jadvali va chiptalar narxlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar aviakompaniya rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlari orqali e’lon qilinadi.
BAA bilan aviaaloqalar bir necha yillik tanaffusdan so‘ng tiklanmoqda. Ushbu qadam ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy aloqalarning mustahkamlanishiga xizmat qilishi kutilmoqda.







