Eron va AQSh muzokaralari Ummonda davom etadi
Muzokaralar 26-aprel kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Eron va AQSh o‘rtasidagi bilvosita muzokaralarning navbatdagi bosqichi 26-aprel kuni Ummon davlatida o‘tkaziladi. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abbos Aragchi Eron davlat teleradiokompaniyasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, chorshanba kuni muzokaralar texnik darajada ekspertlar ishtirokida boshlanadi. Shanba kuni esa Aragchi va AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Vitkoff o‘zaro uchrashib, ekspertlar ishining natijalarini muhokama qiladilar.
Aragchi Rimda o‘tgan avvalgi uchrashuvda muzokaralar to‘rt soat davom etganini va tomonlar bir qator masalalarda o‘zaro tushunuvga erishganini ta’kidladi. Muzokaralarning texnik bosqichi yaqin kunlarda davom ettiriladi.







