Kongoda kema halokatga uchradi
Oqibatda salkam 150 kishi cho‘kib ketgan.

Kongoda kema halokatga uchrashi oqibatida 148 kishi cho‘kib ketdi. Bu haqida RFI maʼlumotlariga tayanib, “RIA Novosti” nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, hodisa Kongo Demokratik Respublikasining shimoli-g‘arbida sodir bo‘lgan.
“G‘arq bo‘lganlar soni kamida 148 nafarga yetgani aytilmoqda, yana ko‘plari bedarak yo‘qolgan”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tver viloyatida 60 yoshli erkak ichida suv bo‘lgan quvurga tushib ketishi oqibatida halok bo‘lgandi.







