Jahon

Mehnat migrantlarining imtihonlari Rossiya g‘aznasini to‘ldirmoqda

Rossiya migratsiya imtihonlaridan 30 million dollar foyda oldi.

Mehnat migrantlarining imtihonlari Rossiya g‘aznasini to‘ldirmoqda

 

Rossiyada mehnat migrantlarining til, tarix va huquqiy bilimlardan imtihon topshirishi ortidan davlat byudjetiga 2,5 milliard rubl (taxminan 30,4 million dollar) tushgan. Bu haqda Davlat Dumasidagi “Yagona Rossiya” partiyasi rahbari Vladimir Vasilyev ma’lum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, avvallari bu sohadagi mablag‘lar korruptsiyaviy sxemalarda yo‘qolgan bo‘lsa, endilikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat g‘aznasiga yo‘naltirilmoqda.

 

Ma’lumot uchun, 2024-yil oktyabr oyida Rossiya Davlat Dumasi imtihon jarayonlarini davlat tasarrufiga o‘tkazish bo‘yicha qonun qabul qilgan. Natijada yagona tariflar belgilandi:

  • Yashash huquqi olish uchun imtihon — 5 900 rubl,
  • Ishlash huquqi uchun imtihon — 3 800 rubl.

 

Ushbu o‘zgarishlar nafaqat davlat byudjetini mustahkamlash, balki migrantlar uchun tartib-qoidalarni shaffoflashtirishga qaratilgan muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Mehnat migrantlarining imtihonlari Rossiya g‘aznasini to‘ldirmoqda | Zamon.uz