Jahon

Qozog‘istonda bolalar futbol jamoasi mikroavtobusi halokatga uchradi

Fojia oqibatida murabbiy voqea joyida halok bo‘lgan.

Qozog‘istonda bolalar futbol jamoasi mikroavtobusi halokatga uchradi

 

Qozog‘istonning Akmola viloyatida bolalar futbol jamoasini olib ketayotgan mikroavtobus halokatga uchradi. Avtohalokat oqibatida jamoa murabbiyi voqea joyida vafot etgan, 14–16 yosh orasidagi 16 nafar bola esa turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy bayonot berdi.

 

Voqea yuk mashinasini quvib o‘tish chog‘ida sodir bo‘lgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mikroavtobus haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini buzgan va boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda avtobus ag‘darilib ketgan.

 

Shifokorlarning bildirishicha, hozirda barcha bolalar tibbiy nazorat ostida, ularning hayoti xavf ostida emas. Voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Bu fojia Qozog‘istonda bolalar xavfsizligini ta’minlash, ayniqsa ommaviy sport tadbirlarida qatnashayotgan o‘quvchilarning hayotini muhofaza qilish borasida jiddiy savollarni keltirib chiqardi.

custom img

Xitoyda “Xunsya” tayfun sabab 700 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi

Guandun provinsiyasida kuchli shamol va jala yog‘ishi sabab favqulodda choralar kuchaytirildi.

custom img

Badaxshonda "Tolibon" va Ozodlik fronti o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi

Qurolli to‘qnashuvlar kuchayishi "Tolibon" boshqaruvidan norozilik, etnik vakillik va tabiiy resurslar bilan bog‘liq muammolar oqibati sifatida baholanmoqda.

custom img

Kreml To‘qayevning Ukrainadagi mojaroni muzlatish taklifini rad etdi

Kreml To‘qayevning taklifini amaldagi sharoitda amalga oshirib bo‘lmasligini bildirdi. Rossiya bu boradagi asosiy shart sifatida o‘z maqsadlariga erishishni ko‘rsatdi.

custom img

To‘qayev Putinni Ukrainadagi urushni "muzlatish"ga chaqirdi

Qozog‘iston prezidenti Omskdagi muzokaralarda mojaroni "Istanbul formulasi 2.0" asosida hal etishni taklif qilib, tinchlikka buyuk davlatlar kafolati ostida erishish mumkinligini bildirdi.

custom img

Suriyada ikkita avtobus to‘qnashdi, 35 kishi halok bo‘ldi

Dayr az-Zor–Damashq avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan YTHda yana 30 kishi turli darajadagi tan jarohati oldi.

custom img

Hindistondagi “Suvaraklar” harakati ta’lim vaziri iste’foga chiqqach, norozilik namoyishlarini to‘xtatdi

Harakat hukumat barcha asosiy talablarni qabul qilganini ma’lum qildi.

custom img

Ruminiya havo hududiga kirgan yana bir dron yo‘q qilindi

Ukraina janubidagi jangovar harakatlar fonida mamlakat havo hududiga kirgan dron harbiylar tomonidan yo‘q qilingan.

custom img

“Men ketganimdan so‘ng barchangiz bankrot bo‘lasiz” — Tramp

AQSH prezidenti siyosiy faoliyati yakunlangach, ko‘plab Amerika ommaviy axborot vositalari bankrot bo‘lishini, chunki u haqida yozadigan boshqa shaxs qolmasligini aytdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"