Jahon

Xitoyda robotlar ilk bor marafonga chiqdi

Robotlar insonlar bilan yonma-yon yugurishgan.

Xitoyda robotlar ilk bor marafonga chiqdi

 

Xitoyda ilk bor odamsimon robotlar odamlar bilan birga yarim marafon yugurishida ishtirok etdi. Xabarlarga ko‘ra, Pekinda bo‘lib o‘tgan Yizhuang yarim marafoni robototexnika sohasida inqilobiy voqeaga aylandi.

 

Ilmiy-tadqiqot institutlari va kompaniyalar tomonidan yaratilgan 21 nafar gumanoid robot 21 kilometr masofani bosib o‘tishga harakat qildi. Ayrim modellarda yuz ifodalari – tabassum qilish, ko‘z qisib qo‘yish – kabi insoniy mimikalar ham mavjud bo‘lgan.

 

Tomoshabin Xe Xishun robotlarning “juda barqaror va yoqimli” yugurganini aytib, bu robototexnika texnologiyasining sezilarli yutuqlaridan dalolat berishini ta’kidladi.

 

Har bir robotga inson murabbiylar hamrohlik qilgan. Ba’zi ishtirokchilar hatto o‘z robotlariga jismoniy yordam ko‘rsatgan. Ayrim robotlar maxsus sport kiyimida — krossovkalar, boks qo‘lqoplari va hattoki “G‘alaba qozonish kerak” deb yozilgan bosh bog‘ichlar bilan yugurgan.

 

Biroq, hech qaysi robot marra chizig‘igacha yetib bora olmagan. Bir robot musobaqa boshida yiqilib, bir necha daqiqadan so‘ng harakatni davom ettirgan. Boshqasi esa panjaraga urilib, sherigi bilan qulab tushgan.

 

Yarim marafon robotlar uchun ham sinov, ham evolyutsiyaning amaliy ko‘rinishi bo‘ldi. Bu esa kelajakda inson bilan robotning hamkorligiga asos bo‘lishi mumkin.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Xitoyda robotlar ilk bor marafonga chiqdi | Zamon.uz