AQShda uysizlarga qarshi giyohvand modda bilan kurash taklif qilinmoqda
Lankaster meri shaharni uysizlardan “tozalash”ni istamoqda.

Amerikaning Kaliforniya shtatida joylashgan Lankaster shahri meri Reks Parris uysizlarga fentanil kabi giyohvand moddalarni berib, ularni "yo‘q qilish" g‘oyasini ilgari surdi.
“Men ularga xohlagancha fentanil bermoqchiman”, – deydi mer. Uning fikricha, uysizlarning katta qismi ilgari sudlangan jinoyatchilar bo‘lib, shaharda sodir bo‘layotgan jinoyatlarning ko‘pini aynan ular amalga oshiradi.
Parris ushbu muammoni hal qilish uchun AQSh prezidenti Donald Tramp “tozalash” tadbirini tashkillashtirishi lozimligini bildirgan. U o‘z bayonotini quyidagicha izohlagan: “Bu shafqatsizmi? Albatta, shafqatsiz. Lekin men o‘z shahrimdagi mehnatkash oilalarni himoya qilishim kerak, endi bu ishni bajara olmayapman.”
Eslatib o‘tamiz, Reks Parris 2008-yildan beri Lankaster shahri meri bo‘lib, uning vakolati 2028-yilgacha davom etadi.







