Jahon

Germaniyada dunyodagi eng katta sayohat kemasi ommaga taqdim etildi

Disney Adventure nomli ushbu kema 342 metr uzunlikda qurilgan.

Germaniyada dunyodagi eng katta sayohat kemasi ommaga taqdim etildi

 

Germaniyaning Vismar shahrida dunyodagi eng katta sayohat kemalaridan biri – Disney Adventure ishlab chiqildi. Uzunligi 342 metr, kengligi esa 46 metr bo‘lgan ulkan laynerni ko‘rish uchun portning g‘arbiy qismiga yuzlab tomoshabinlar to‘plandi.

 

Ma'lum qilinishicha, kema qurilishiga milliardlab yevro sarflangan. Disney Adventure 6700 nafar mehmonni sig‘dira oladi va ular uchun 2350 ta kabina tayyorlanadi. Bundan tashqari, 2500 ekipaj a’zosi xizmat ko‘rsatadi. Laynerda 7 ta mavzuli hudud, ulkan akvapark, Ariel suv parisi uslubidagi restoran, va dengizdagi eng uzun Rollercoaster parki mavjud.

 

Kemaga tutun quvurlari va boshqa jihozlar o‘rnatilishi yakunlangach, old qismi Mikki Mausning qiyofasi bilan bezatiladi. Dastlabki yo‘lovchilar bilan sayohat 2025-yil dekabr oyiga rejalashtirilgan.

 

Laynerda sayohat narxlari farq qiladi:

  • Boy mijozlar uchun 165 kv.m.li balkonli hashamatli xona – 18 000 yevro.
  • Ichki oddiy kabinalar – 3 kecha uchun 1100 yevrodan boshlanadi.

 

Shuningdek, kema hali ishga tushmagan bo‘lsa-da, undan daromad olish boshlandi: maxsus kuzatuv maydonchasidan laynerni tomosha qilish 20 yevroga taklif etilmoqda.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Germaniyada dunyodagi eng katta sayohat kemasi ommaga taqdim etildi | Zamon.uz