Polshada kuchli yomg‘ir suv toshqiniga sabab bo‘ldi
Kuchli yomg‘ir uch kundan buyon davom etmoqda.

Polshaning janubi-sharqida joylashgan Pshemisl shahrida uch kundan buyon davom etayotgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida ko‘chalarni suv bosdi. Mahalliy matbuotga ko‘ra, 60 mingga yaqin aholi yashaydigan shaharda toza ichimlik suvi va elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Qutqaruv ishlari jadal davom etmoqda, favqulodda holat xizmatlari suvni nasoslar orqali chiqarish va aholini xavfsiz joylarga ko‘chirish bilan band. Vaqtincha yashash joylari tashkil qilingan.
Hozircha jabrlanganlar va qurbonlar haqida rasmiy maʼlumot berilmagan. Ob-havo mutaxassislari yaqin kunlarda yomg‘ir davom etishini taxmin qilmoqda.







